8 Aprel 2025, 10:36 Oʻzbekiston

Toshkentning bir tumani qisman chiroqsiz qoldi — manzillar

Elektr taʼmirlashdan keyin qaytariladi.

Toshkentning bir tumani qisman chiroqsiz qoldi — manzillar

8-aprel kuni Toshkent shahrining Bektemir tumanidagi bir nechta mahallalarda elektr taʼminoti uzildi, deb xabar bermoqda HET matbuot xizmati.

Elektr qurilmalarida taʼmirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan avariya holatlarining oldini olish maqsadida quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha oʻchirildi:

  • Bektemir tumani: “Ustozlar”, “Zabardast” “Sohil”, “Musaffo”, “Nurli yoʻl” va “Rohat” mahallalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.

Isteʼmolchilar uchastkalarda ishlar muddatidan oldin yakunlanishi mumkinligi haqida ogohlantirilib, keltirilgan noqulayliklar uchun ulardan uzr soʻraldi.

Mashhur yangiliklar