Toshkentning ikki tumani aholisi yarim kunga chiroqsiz qoladi — manzillar
Iste’molchilardan uzr so‘raldi.

1-noyabr kuni Toshkentning Sergeli va Yangihayot tumanlaridagi bir nechta mahallalarda elektr ta’minoti uzilishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda HET matbuot xizmati.
Elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan avariya holatlarining oldini olish maqsadida quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
- Sergeli tumani: Izzatli, Kengmakon, Ko‘hna Qumariq, Nomdanak, Sadoqat, Sultonobod, Fayzli, Xonobod, Xontepa, Eski Jaloyir, Eshonbuloq mahallalarida soat 10:00 dan 15:00 gacha.
- Yangihayot tumani: soat 10:00 dan 15:00 gacha Jaloyir, Xo‘ja Uchqun va Yangi Gulzor mahallalarida.
Iste’molchilar saytlardagi ishlar muddatidan oldin yakunlanishi mumkinligi haqida ogohlantirildi va yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so’raldi.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonliklarga sovuq oldidan trillion so‘m tarqatiladi. Bir milliondan ortiq fuqaroga yordam beriladi.
Izohlar