Toshkentning ikki tumani aholisi ta’mirlash ishlari tufayli tunda chiroqsiz qolishi mumkin
Iste’molchilardan uzr so‘raldi.

Toshkent elektr tarmoqlari korxonasi matbuot xizmati xabar berishicha, 13-noyabr kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek va Yunusobod tumanlaridagi bir qancha mahallalarda elektr energiyasi ta’minoti to‘xtatiladi.
Modernizatsiya dasturi doirasida “Botanika” podstansiyasida (110/35/6 kV) ta’mirlash ishlari olib borilishi, eskirgan uskunalarni almashtirish va yuklamani qayta taqsimlash munosabati bilan quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
- Mirzo Ulug‘bek tumani: Katta Darxon, Oqqo‘rg‘on, Mustaqillik, Hamid Olimjon, M. Ismoiliy va Asaka mahallalarida soat 00:00 dan 03:00 gacha;
- Yunusobod tumani: soat 00:00 dan 03:00 gacha Otchopar-1, Otchopar-2, Bodomzor, Bo‘zsuv, Obod, Posira» Mingchinor, Bog‘ibo‘ston, Shayx Shivli, Mirzo Ulug‘bek, Xiyobontepa, Firdavsiy mahallalarida.
Iste’molchilar saytlardagi ishlar muddatidan oldin yakunlanishi mumkinligi haqida ogohlantirildi va yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so’raldi.
Eslatib o‘tamiz, minglab toshkentliklar chiqindi uchun qarzdorligi tufayli elektrsiz qolishi mumkin. Abonentlarga qarzdorlik haqida SMS-xabarnoma yuborilgach, ularga besh kunlik muddat berildi.
Izohlar