Yangi yil bayrami arafasida NOVA24 tahririyati FVVning bayram archasini bezatish va o‘rnatishda o‘zingiz va atrofdagilar uchun xavfsiz bo‘lishga yordam beradigan bir nechta maslahatlarini eslatdi.

Xususan, bayram daraxtini o‘rnatishda shunday joyni tanlash kerakki, u atrofdagilarning xonada erkin harakatlanishiga xalaqit bermasin va eshiklarni to‘sib qo‘ymasin. Shuningdek, archa yonib ketishi mumkin bo‘lgan o‘yinchoqlar bilan bezatilmaydi, paxta bilan o‘ralmaydi, yonib turgan shamlar bilan bezatilmaydi — bu ham sun’iy, ham tabiiy archalarga tegishli.

Archa uchun yana bir xavfli bezak elektr gulchambarlari bo‘lishi mumkin — sertifikatlashdan o‘tgan va do‘kon omborida yoki uyda saqlash paytida hech qanday shikastlanmaganlarini tanlash kerak. Gulchambarlar bir necha o‘n yillar davomida saqlanishi mumkinligi sababli, ularni bezak sifatida ishlatishdan oldin yaxshilab tekshirish kerak, chunki ko‘plab yong‘inlar qisqa tutashuv tufayli sodir bo‘ladi.

Tekshirishda simlar qobig‘ining butunligiga, ayniqsa lampochkalar ulangan joylarga e’tibor berish kerak. Agar ulash paytida kuygan plastmassa hidi sezilsa, demak, simlar qattiq qiziydi yoki eriydi, bunday girlyandani almashtirish kerak.

Bayramlardan keyin sun’iy archani qismlarga ajratib, keyingi bayramlargacha yig‘ishtirib qo‘yish, haqiqiyini esa uydan olib chiqib ketish kerak, chunki qurigan ignabarglar juda oson va tez yonib ketadi. Sun’iy archa yonganda zararli moddalar ajralib chiqadi. Yonayotgan plastmassa tomchisi teriga tegib, haqiqiy cho‘g‘ga qaraganda chuqurroq kuyish qoldirishi mumkin.

Ta’kidlash kerak, maydonlarga o‘rnatiladigan katta archalar uchun ham o‘rnatish bo‘yicha maxsus reglament ishlab chiqilgan bo‘lib, u bilan havola orqali tanishish mumkin.

Avvalroq Jizzaxda yangi yil archasi yonib ketgani haqida xabar berilgandi. Hodisaga xavfsizlik qoidalarining buzilishi sabab bo‘lgan.