Dastlabki sovuqlar ortidan Chirchiqda chiroq o‘chib qoldi
Birdaniga to‘rtta podstansiya ishdan chiqdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining qator tumanlarida elektr ta’minoti to‘xtatilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Chirchiq tumani hokimligi matbuot xizmati izoh berdi.
Qayd etilishicha, yog‘ingarchilik va ob-havo sharoiti yomonlashgani sababli Chirchiq shahrining qator hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilgan. Qayd etilishicha, “Milliy elektr tarmoqlari” kompaniyasi tasarrufidagi tarmoq va podstansiyalarda uzilishlar kuzatilgan. Bundan tashqari, mutaxassislar “Tayyoragoh”, “Tekstil”, “Arancha” va “Sokin” podstansiyalarida chiroq o‘chirilgani, buning oqibatida shaharning bir qismi ham elektr ta’minotisiz qolganini ma’lum qildi.
Idoraning ma’lum qilishicha, elektr ta’minotidan uzilgan 4 ta podstansiyaning 3 tasi halqa usulida ulangan. Shuningdek, mutaxassislar tomonidan elektr ta’minotini to‘liq tiklash va taqsimlash tarmoqlarini yoqish bo‘yicha zarur ishlar amalga oshirildi. Qayd etilishicha, hozirda elektr ta’minoti barqaror. Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raldi.
Avvalroq sun’iy intellekt Chirchiqni rivojlantirishga yordam berishi xabar qilingandi. Toshkent viloyatida “Aqlli shahar” tizimi ishga tushiriladi.
Izohlar