O‘zbekistonlik bokschilar Hasanboy Do‘smatov va Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev IBA jahon chempionatida g‘olib bo‘ldi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati.

Dubayda boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi IBA jahon chempionati yakunlandi, unda 108 mamlakatdan 428 nafar sportchi ishtirok etdi. O‘zbekiston boks federatsiyasining ma’lum qilishicha, mamlakat terma jamoasi turnirda to‘liq tarkibda ishtirok etib, jahon maydonlarida yuqori natija qayd etdi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik bokschilar medallar jamg‘armasini 9 ta — 2 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza bilan boyitdi. O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida IBA jahon chempionati sovrindorlari:

Oltin:

  • -51 kg — Hasanboy Do‘smatov;
  • -67 kg — Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev.

Kumush

  • -60 kg — Abdumalik Xalakov;
  • -80 kg — Javohir Ummataliyev;
  • -92 kg — To‘rabek Habibullayev;
  • +92 kg — Arman Maxanov.
  • -54 kg — Asilbek Jalilov;
  • -57 kg — Xo‘janazar Nortojiyev;
  • -75 kg — Fazliddin Erkinboyev.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik sportchilar boks bo‘yicha Osiyo chempionatida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgandi. Terma jamoa 13 ta medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.