9S-3306 “Toshkent—Jidda” reysi bortdagi favqulodda tibbiy vaziyat tufayli Bahrayn aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘ldi, deb xabar bermoqda Air Samarkand matbuot xizmati.
Parvoz vaqtida keksa yo‘lovchining yuragi to‘xtab qolgan. Roman Degtev boshchiligidagi Air Samarkand ekipaji tibbiy yordam ko‘rsatish uchun eng yaqin aeroportga shoshilinch qo‘nishga qaror qildi. Samolyotga shifokorlar brigadasi chaqirildi.
Brigadir Svetlana Bolkonskaya boshchiligidagi bortkuzatuvchilar ekipaji yo‘lovchiga qo‘nishdan oldin barcha yordamni ko‘rsatdi, shundan so‘ng yerda mahalliy shifokorlar reanimatsiya tadbirlarini o‘tkazdi. Yo‘lovchining ahvoli barqarorlashtirildi, shundan so‘ng shifokorlar uni mahalliy klinikaga davolash uchun olib ketishdi.
Reys yonilg‘i quyilgandan so‘ng taxminan 2 soat kechikish bilan Toshkentga parvozni davom ettirdi. Keyinroq bort mahalliy vaqt bilan 9:49 da eson-omon qo‘nishni amalga oshirdi.




















