O‘zbekiston

Toshkentning bir tumani qisman chiroqsiz qoldi — manzillar

Elektr ta’minoti ta’mirdan keyin kechqurun qaytariladi.

Toshkentning bir tumani qisman chiroqsiz qoldi — manzillar

23-iyun kuni Toshkent shahrining Bektemir tumanida elektr energiyasi ta’minoti to‘xtatiladi, deb xabar bermoqda poytaxt elektr tarmoqlari filiali matbuot xizmati.

Maʼlumotlarga koʻra, rejalashtirilgan taʼmirlash ishlarini mutaxassislar amalga oshiradi. Shu munosabat bilan soat 09:00 dan 17:00 gacha quyidagilar elektrsiz qoldirildi:

  • “Ustozlar” va “Zabardast” mahallalari.

Iste’molchilarga ta’mirlash ishlari ertaroq yakunlanishi mumkinligi aytilib, uzr so‘raldi.

Avvalroq o‘zbekistonliklarga quyosh panellaridan olingan ortiqcha elektr energiyasi uchun milliardlab pul to‘langani xabar qilingandi. Davlat aholidan qariyb 12 million kilovatt-soat energiya olgan.

Izohlar

Mavzuga oid