O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari Garvardga o‘qishga kirishga tayyorlana boshlaydi
Mamlakatda “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi ham ishga tushiriladi.

Oʻzbekistonda “Garvardchilar maktabi” ochiladi va u yerda talabalar Amerika universitetlariga oʻqishga kirishga tayyorlanadi, dedi prezident.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatimizda yoshlarni dunyoning eng yaxshi universitetlariga o‘qishga tayyorlash bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish rejalashtirilmoqda. Qayd etilishicha, o‘zbekistonlik talabalarning bor-yo‘g‘i 1 foizi jahon reytingida kuchli 100 talikdan xorijiy oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirish imkoniga ega bo‘lgan.
Yoshlarimiz juda iqtidorli. Ularni tizimli yo‘naltirib, oliygoh tanlashga ko‘maklashib, maqsadli tayyorlashni yo‘lga qo‘ysak bo‘ldi, ko‘rsatkichlarimiz karrasiga oshadi, — dedi davlatimiz rahbari.
Shu munosabat bilan mamlakatda “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi ishga tushiriladi va “Garvardchilar maktabi” ochiladi. Rasmiylar mazkur muassasani Al-Beruniy xalqaro maktabi sifatida tashkil etishni rejalashtirmoqda. 2025-yilda mutaxassislar 8-sinf bitiruvchilari orasidan 60 nafar o‘quvchini tanlab oladi va ular jahon reytingida kuchli 10 talikdan oliy o‘quv yurtlariga kirishga maqsadli tayyorgarlik ko‘rishni boshlaydi.
Shu bilan birga, umumta’lim maktablariga Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablardan 208 nafar murabbiy biriktiriladi. Qayd etilishicha, milliy dastur doirasida murabbiylar har yili 3000 nafar eng iqtidorli maktab o‘quvchilarini tanlab oladi va ularni Garvard, Yel, Kolumbiya, Kornel va boshqa universitetlarga o‘qishga tayyorlaydi.
O‘zbekiston Ayvi ligasiga shogirdlar tayyorlashi haqida avvalroq xabar berilgandi. Iqtidorli talabalar etakchilik va ijtimoiy faollik kurslarini o’rganishlari mumkin.
Izohlar