Ijtimoiy himoya milliy agentligi maktabga bormagan bolalarga noqonuniy ravishda din o‘rgatilgani bilan bog‘liq ishni nazoratga oldi.

Qo‘mita ish materiallarini mas’ul organlarga yubordi. Bundan tashqari, mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda bolalarni rasmiy ta’lim tizimiga qaytarish, ularning ijtimoiy-psixologik holatini o‘rganish, ota-onalar bilan profilaktik ishlar olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, voqea Namangan viloyatida sodir bo‘lgan. 2025-yil iyun oyidan buyon 31 yoshli erkak ijarada yashagan, u yerda “hujra” uyushtirib, 23 nafar bolaga noqonuniy ravishda dinni o‘rgatgan. U diniy ma’lumotga ega bo‘lmagan va internetdagi noma’lum saytlar orqali diniy tushunchalarni o‘rgangan, bolalar esa maktabga bormagan.