Bekzod Qurbonov Abu-Dabidagi ot sporti turnirida oltin medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar berdi MOQ matbuot xizmati.
BAA poytaxti Abu-Dabida CSI4 xalqaro konkur bo‘yicha musobaqasi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilayotgan Bekzod Qurbonov turnirda ishtirok etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Qurbonov bu muvaffaqiyatga 135 sm to‘siqlar bilan yugurish yo‘nalishida erishdi. “Santos Hippica” nomli otda chavandoz 91 nafar ishtirokchi orasida eng yaxshi natijani ko‘rsatdi.
Eslatib o‘tamiz, MOQ va Sport vazirligi vakillari AQSHning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashgandi. Tomonlar sport sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi va delegatsiyaning 2026-yilgi FIFA Jahon chempionati va 2028-yilgi Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini ko‘rib chiqdi.






















