11-dekabr kuni qalin tuman tufayli Farg‘ona viloyati aeroportida samolyotlarni qabul qilish cheklandi, deb xabar bermoqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati.
Noqulay ob-havo sharoiti, xususan, tuman tufayli “Farg‘ona” aeroportida Madina—Farg‘ona yo‘nalishi bo‘yicha C63034 reysi ekipaji qo‘nishni amalga oshira olmadi. Natijada havo kemasi komandiri samolyotni Toshkentdagi zaxira aerodromga yo‘naltirishga qaror qildi.
Eslatib o‘tamiz, 10-dekabr kuni soat 19:00 dan keyin O‘zbekistonni qalin tuman qoplagandi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu chang emas va bo‘lmagan ham — uch kun davom etgan kuchli yomg‘ir havoni chang va boshqa mayda zarrachalardan to‘liq tozalagan. Sinoptiklarning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi hodisa makrosinoptik vaziyat natijasidir.
Mavzuga doir: Samolyotlar, paxta, noyob elementlar: O‘zbekiston AQSH bilan salmoqli savdo hujjatlari paketini imzoladi Tomonlar, shuningdek, SI sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi.



















