O‘zbekistonda ilk bor yetti oylik bolaning jigari ko‘chirib o‘tkazildi, deb xabar bermoqda viloyat bolalar milliy tibbiyot markazi matbuot xizmati.

Operatsiya Bolalar milliy tibbiyot markazida o‘tkazildi. Donor bolaning onasi bo‘ldi. Jarrohlik amaliyotidan oldin ayol va bola barcha kerakli tekshiruvlardan o‘tkazildi. Shifokorlar chaqaloqqa ikkita jigar segmentini ko‘chirib o‘tkazishdi. Hozirda chaqaloqning onasi uyiga javob berilgan, bolaning ahvoli barqaror, u ham uyga javob berishga tayyorlanmoqda.

Ta’kidlash joizki, bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda bunday operatsiyalar eng murakkab operatsiyalar qatoriga kiradi va dunyoning sanoqli mamlakatlarida amalga oshiriladi, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda transplantatsiyaga ruxsat berish tartibi tasdiqlangandi. Ba’zi hollarda operatsiyani o‘tkazish rad etiladi.