11-dekabr kuni Markaziy bank boshqaruvi inflyatsiya darajasining barqaror pasayishini ta’minlash va proinflyatsion xatarlarni minimallashtirish maqsadida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, nisbatan qat’iy pul-kredit sharoitlari inflyatsion bosim va inflyatsion kutilmalarning bosqichma-bosqich pasayishiga xizmat qilmoqda.
Shu bilan birga, iqtisodiyotda barqaror yalpi iste’mol talabi, taklif omillari hamda xizmatlar sohasidagi narxlarning yuqori dinamikasi ta’sirida ma’lum inflyatsion xatarlar saqlanib qolmoqda. Qabul qilingan qaror o‘rta muddatli istiqbolda inflyatsiyani barqaror pasaytirish trayektoriyasiga erishishga qaratilgan.
Avvalroq O‘zbekistonda ish haqi va pensiyalar inflyatsiya o‘sishidan ko‘ra tezroq oshishini xohlayotgani haqida xabar berilgan edi.



















