Toshkentda Qirg‘izistondan qariyb 3 kg giyohvand modda sotishga urinish to‘xtatildi, deb xabar bermoqda DXX matbuot xizmati.
Hodisa Andijon viloyatining Bo‘ston tumanida sodir bo‘lgan. Andijon-Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan Lacetti avtomobili patrul postida to‘xtatildi. Tekshiruv davomida mashinada Andijon shahrida yashovchi 39 yoshli fuqaroga tegishli bo‘lgan 2 kg 994 gr “gashish” moddasi borligi aniqlangan.
DXX xodimlari uning 32 yoshli sherigini ham qo‘lga olgan. Ma’lum qilinishicha, giyohvand moddalar Toshkentda sotish uchun Qirg‘izistondagi giyohvand moddalar savdogarlaridan 23 ming dollarga sotib olingan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 246-28-moddasi 2-qismi (Kontrabanda) va 273-25-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalarining qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchilar qamoqqa olindi. Tergov boshlandi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda giyohvand moddalar sotuvchi talabalar sudlangandi. Birinchi kurs talabalari giyohvand moddalarni ko‘rsatilgan geolokatsiyalardan olib, yotoqxonada dozalarga qadoqlab, belgilangan manzillarga jo‘natishgan.
























