Toshkentning bir tumani aholisi qisman elektr taʼminotisiz qoldi – manzillar
Elektr ta’minoti ta’mirdan keyin kechqurun qaytariladi.

24-iyun kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida elektr energiyasi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi, deb xabar berdi HET axborot xizmati.
Maʼlumotlarga koʻra, rejalashtirilgan taʼmirlash ishlarini mutaxassislar amalga oshiradi. Shu munosabat bilan soat 11:00 dan 14:00 gacha quyidagilar elektrsiz qoldirildi:
- “Alisherobod”, “Amir Temur” va “Temuriylar” mahallalari.
Iste’molchilarga ta’mirlash ishlari ertaroq yakunlanishi mumkinligi aytilib, uzr so‘raldi.
Avvalroq o‘zbekistonliklarga quyosh panellaridan olingan ortiqcha elektr energiyasi uchun milliardlab pul to‘langani xabar qilingandi. Davlat aholidan qariyb 12 million kilovatt-soat energiya olgan.
Izohlar