O‘zbekiston

O‘zbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedov vafot etdi

Davlat mukofoti laureati, teatr, kino va dublyaj aktyori 87 yoshda edi.

Taniqli san’at arbobi, O‘zbekiston xalq artisti, Davlat mukofoti sovrindori, teatr, kino va dublyaj aktyori Yoqub Ahmedov 87 yoshida vafot etdi, deb xabar bermoqda Milliy akademik drama teatri matbuot xizmati.

Yoqub Ahmedov 1959 yilda Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomchilik institutini (hozirgi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti) tamomlagan. 1958-yildan Toshkentdagi Hamza nomidagi O‘zbek akademik drama teatrida o‘ynay boshladi. 20 yildan ortiq O‘zbek Milliy akademik drama teatri direktori lavozimida ishlagan.

U “O‘tkan kunlar”, “Ali Bobo va qirq qaroqchining sarguzashtlari”, “Uzoq yaqin yillar”, “Uch qirol jangi” va boshqa filmlarda rol o‘ynagan. 400 dan ortiq filmlarni o‘zbek tiliga dublyaj qilishda ishtirok etgan. Yoqub Ahmedov 1997-yilda “Do‘stlik” ordeni, 2005-yilda “Mehnat jasorati” medali, 2018-yilda “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.

Eslatib o‘tamiz, xalq artisti, dublyaj ustasi To‘lqin Tojiyev vafot etdi. San’atkor teatrda yuzdan ortiq obrazlarni gavdalantirgan, mingdan ortiq filmlarga ovoz bergan.

Асия Мамадиярова
Редактор «NOVA24»

Izohlar

Mavzuga oid

Главная