Hodisa

Toshkentning ikki tumani aholisi vaqtincha chiroqsiz qoladi — manzillar

Elektr ta’minotini kunduzi qaytarishga va’da berishmoqda.

1-noyabr kuni Toshkent shahrining Chilonzor va Yakkasaroy tumanlaridagi bir qancha mahallalarda elektr ta’minoti to‘xtatiladi, deb xabar bermoqda HET matbuot xizmati.

Elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan avariya holatlarining oldini olish maqsadida quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:

  • Chilonzor tumani: Charx Kamolon-1, Charx Kamolon-2, Katta Chilonzor, Novza, Beshchinor, Ko‘rkam, Qozirobod, Katta Chilonzor-1, Katta Chilonzor-2 va Katta Chilonzor-3 mahallalarida soat 10:00 dan 14:00 gacha;
  • Yakkasaroy tumani: Shohjahon, Belariq, Rakatboshi, Dilbuloq, To‘qimachi, Muqimiy va Rakat mahallalarida soat 10:00 dan 14:00 gacha.

Iste’molchilar saytlardagi ishlar muddatidan oldin yakunlanishi mumkinligi haqida ogohlantirildi va yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so’raldi.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonliklarga sovuq oldidan trillion so‘m tarqatiladi. Bir milliondan ortiq fuqaroga yordam beriladi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная