O‘zbekiston

Toshkent viloyatida yangi aeroport qurish uchun uylari buziladigan aholi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Xo‘jalik egalariga kompensatsiya to‘lash tartibi fuqarolarga tushuntirib berildi.

Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida yangi aeroport qurish uchun uylarni buzish loyihasi aholiga namoyish etildi, deb xabar bermoqda tuman hokimligi matbuot xizmati.

O‘rta Chirchiq tumani hokimi Ixtiyor Qosimov tumandagi Xalqobod mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi va yangi qurilayotgan aeroport hududida joylashgan fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan uchrashdi. Fuqarolarga uy-joy va fermer xo‘jaliklari egalariga kompensatsiya to‘lash tartibi va mexanizmlari tushuntirildi.

Shuningdek, aholi tomonidan ko‘tarilgan savollarga javoblar tarzida muloqot o‘tkazildi. Ma’lum qilinishicha, Xalqobod va Yangiyo‘l mahallalari buzilishga tushgan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentdan yangi aeroportga yarim soatda yetib borish mumkin bo‘ladi. Rasmiylar yangi metro liniyasini yotqizishmoqchi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная