Hodisa

Samarqandda mast erkak maktabda o‘qituvchini kaltakladi

Pedagog kasalxonaga yotqizilib, tuman IIB tomonidan nazoratga olindi.

Фото: Ситуативное

30-oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda maktabda erkak o‘qituvchini kaltaklagani haqida xabar tarqaldi. Samarqand viloyati MMTB hodisaga izoh berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea 27-oktyabr kuni Urgut tumanida sodir bo‘lgan. Mast holatda bo‘lgan fuqaro 112-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisini kaltaklagan. Maktab rahbariyati holat yuzasidan tuman IIBga xabar bergan. O‘qituvchilar tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgan.

Bundan tashqari, tuman MMTB boshlig‘i tibbiyot muassasasiga borib, o‘qituvchining holidan xabar oldi. Ayni paytda o‘qituvchining umumiy ahvoli yaxshi. Mazkur holat Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan nazoratga olingan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari ham surishtiruv ishlarini boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, Samarqandda maktab kotibi quyi sinf o‘quvchisini kaltaklagandi. Mutasaddi idoralar hozircha hodisa yuzasidan izoh bermadi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная