Avto

O‘zbekistonda haydovchilik guvohnomasini avtomaktabsiz topshirish mumkinmi — YHXX javobi

Bo‘lajak haydovchilarga qaysi jihat bo‘lmasa o‘qishni tugatib bo‘lmasligi haqida ma’lumot berildi.

YHXX fuqarolarga haydovchilikka o‘qitishning yangi qoidalarini tushuntirdi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, amaliy mashg‘ulotlarni to‘liq o‘tib, avtomobilni boshqarish ko‘nikmalari ijobiy baholangandan so‘ng, nomzodlar haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni topshiradilar. Bundan tashqari, moped va skuter haydovchilari uchun yangi toifa — A1 joriy etilmoqda. U 2026-yil 1-yanvardan amal qila boshlaydi.

Agar fuqaroning boshqa toifadagi (A, B, C yoki D) haydovchilik guvohnomasi mavjud bo‘lsa, moped yoki skuterni boshqarish uchun qo‘shimcha o‘qitish talab etilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda nazariy bilim olish uchun avtomaktablarga borish majburiy bo‘lmaydi. Fuqarolar mustaqil ravishda ta’lim olishi va ta’lim muassasalarida faqat dasturning amaliy qismidan o‘tishi mumkin bo‘ladi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная