O‘zbekistonda -12 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda
Sinoptiklar butun respublika hududiga sovuq va nisbatan nam havo massalari kirib kelishidan ogohlantirdi.

5-noyabrdan 6-noyabrgacha respublika hududiga sovuq va nisbatan nam havo massalari kirib keladi, deya xabar berdi O‘zgidromet matbuot xizmati.
Ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda. 5-noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin. 5-6 noyabrga kelib, havo harorati asta-sekin pasayadi: kechalari 0-3 daraja iliq, ba’zi joylarda 0 darajadan past, kunduz kunlari 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
5-noyabr kuni soat 20:00 dan 6-noyabr kuni soat 20:00 gacha tog‘ oldi va tog‘li hududlarda tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 12 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
Izohlar