O‘zbekiston

O‘zbekiston va Ukraina TIV vakillari uchrashuv o‘tkazdi

Tomonlar O‘zbekiston–Ukraina munosabatlarining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdi.

4-noyabr kuni YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida O‘zbekiston Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Ukraina Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Maryana Betsa bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Ukraina munosabatlarining dolzarb masalalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.

Maryana Betsa YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining Samarqandda o‘tkazilishi O‘zbekiston diplomatiyasining katta g‘alabasi bo‘lganini, shuningdek, bu O‘zbekistonning xalqaro muloqotning eng muhim markazi va dunyoga ochiqlik ramzi sifatidagi maqomini yana bir bor tasdiqlaganini ta’kidladi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev YUNESKO Bosh konferensiyasida bir qator tashabbuslarni ilgari surdi — asosiylar Prezidentning takliflari hamkorlikning turli jihatlarini qamrab oldi.

Асия Мамадиярова
Редактор «NOVA24»

Izohlar

Mavzuga oid

Главная