Toshkentda Mercedes Benz tez yordam mashinasiga borib urildi — video
YTH oqibatida ikki nafar fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

30-oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda tez yordam mashinasi ishtirokidagi YTH videosi tarqaldi. YHXX hodisaga izoh berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, YTH soat 12:45 atrofida Toshkentning Yashnobod tumanida sodir bo‘lgan. Mercedes Benz avtomobili va tez tibbiy yordam mashinasi to‘qnashib ketgan. YTH oqibatida ikki nafar fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul bo‘limi xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyatida tez yordam mashinasini o‘tkazib yubormagan haydovchi jazolangandi. Erkak buni mashinadagi baland musiqa tufayli sirena va signallarni eshitmagani bilan izohladi. Erkakka nisbatan tegishli moddalar bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari u bilan profilaktik suhbat o‘tkazdi.
Izohlar