17-dekabr kuni Qarshi xalqaro aeroportida havo kemalarini qabul qilishda cheklovlar joriy etildi, deb xabar bermoqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati.

Yomg‘ir va tuman tufayli Ural Airlines aviakompaniyasining Moskva-Qarshi yo‘nalishidagi SVR2457 reysi ekipaji Samarqanddagi muqobil ayeroportga yo‘l olishga qaror qildi.

Aeroport faoliyatiga qo‘yilgan cheklovlarning amal qilish muddati haqida ma’lumot berilmagan.