Issiq va chang: 13-iyul uchun ob-havo
Mamlakat bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi.

13-iyul kuni O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Havo harorati kunduzi 33-39°, janubda va cho‘l hududlarda 39° gacha bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat kunduzi 34-39° bo‘ladi. Tog‘li hududlarda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Izohlar