O‘zbekiston

Qor va yomg‘ir: 5-noyabr uchun ob-havo

Tog‘larda kuchli shamol esib, tuman tushishi mumkin.

5-noyabr kuni O‘zbekistonda havo sovib ketadi, ba’zi joylarda yomg‘ir, qor yog‘ishi, tog‘larda kuchli qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Toshkentda kechasi biroz yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Harorat kechasi 0-2° iliq, kunduzi 5-7° iliq bo‘ladi.

Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:

  • Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
  • Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
  • Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 6-11° iliq bo‘ladi.
  • Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Harorat kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
  • Samarqandda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
  • Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
  • Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
  • Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ayrim joylarda qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol shimoli-sharqqa o‘zgarib, sekundiga 9-14 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuqdan 2 daraja issiqgacha bo‘ladi.

Avvalroq, shu hafta O‘zbekistonni sovuq va yomg‘ir qoplashi haqida xabar berilgan edi. Poytaxtda havo harorati noldan pastga tushadi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная