O‘zbekiston

Ayoz va qor: 4-noyabr uchun ob-havo

Harorat kechasi noldan pastga tushadi.

4-noyabr kuni O‘zbekistonda havo sovib ketishi kutilmoqda, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, ayrim hududlarda chang-to‘zon bilan kuchli shamol esadi, tog‘larda kuchli qor yog‘ishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Toshkentda yomg‘ir. Harorat kechasi va kunduzi 7-9° iliq bo‘ladi.

Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:

  • Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
  • Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
  • Buxoro va Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 1-6° iliq, kunduzi 6-11° iliq bo‘ladi.
  • Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarda shamol tezligi chang bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 6-11° iliq bo‘ladi.
  • Qashqadaryo va Surxondaryoda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarda shamol tezligi chang bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.
  • Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarda shamol tezligi chang bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.
  • tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir va qor yog‘adi, kuchli bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.

Avvalroq, shu hafta O‘zbekistonni sovuq va yomg‘ir qoplashi haqida xabar berilgan edi. Poytaxtda havo harorati noldan pastga tushadi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная