O‘zbekistonni sovuq va yomg‘ir qoplaydi — haftalik ob-havo
Poytaxtda havo harorati noldan pastga tushadi.

3–7-noyabr kunlari O‘zbekistonda ob-havo keskin o‘zgarib turadi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet matbuot xizmati.
Respublikaning barcha hududlariga sovuq va nisbatan nam havo massalari kirib keladi. 3-5 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qorga aylanib, 4 noyabrda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. 4-5 noyabrda havo harorati kechalari 0-3 daraja sovuqqacha, shimolda 5 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 5-10 daraja iliqqacha asta-sekin pasayadi.
6 noyabrdan hafta oxirigacha O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi. Kechasi va ertalab respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechalari 3-5 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 13-16 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. 4-noyabrda yomg‘ir yog‘adi, u tanaffuslar bilan 5-noyabr ertalabgacha davom etadi.
Havo harorati 4-5 noyabrda kechalari 0-2 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 5-7 daraja iliqqacha pasayadi. Hafta oxiriga kelib, harorat kechalari salqinligicha qoladi, kunduz kunlari 10-13 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
Izohlar