O‘zgidromet xabar berishicha, 17-dekabr kuni O‘zbekistonda yomg‘irli va salqin ob-havo kutilmoqda.

Toshkentda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Gʻarbiy shamol tezligi 3-8 m/s gacha yetadi. Harorat kechasi 3-5°, kunduzi 5-7° bo‘ladi.

Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:

  • Qoraqalpog‘iston va Xorazmda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan shamol sharqqa yo‘naltirilgan 7-12 m/s tezlikda esadi. Kechasi 3-8° sovuq, Ustyurtda 12-14° gacha sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi;
  • Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan shamol sharqqa o‘zgarib, 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
  • Toshkent viloyati, Samarqand, Jizzax va Sirdaryoda yomg‘ir yog‘moqda. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5°, kunduzi 2-7° bo‘ladi.
  • Qashqadaryo va Surxondaryoda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.
  • Andijon, Namangan va Farg‘onada yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Tumanli bo‘lishi mumkin. Toshkent, Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.