12-dekabr kuni O‘zbekistonda salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, tuman tushishi, tog‘li hududlarda qor yog‘ishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet matbuot xizmati.

Toshkentda kechqurun yomg‘ir. Harorat kechasi 7-9° iliq, kunduzi 14-16° iliq bo‘ladi.

Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:

  • Qoraqalpog‘iston va Xorazmda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
  • Buxoro, Navoiyda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
  • Toshkent, Jizzax, Sirdaryo, Samarqand viloyatlarida kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 11-16° iliq bo‘ladi.
  • Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo viloyatida kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 14-19° iliq bo‘ladi.
  • Andijon, Namangan, Farg‘onada yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.
  • Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir, qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 1-6° iliq bo‘ladi.