“Milliy tiklanish” partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov dori vositalarini retseptsiz sotganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni taklif qildi.
Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, farmatsevtika biznesining katta qismi foydani odamlar salomatligidan ustun qo‘yadi va bemorlar ko‘pincha davolanishga bevosita aloqasi bo‘lmagan qimmat dori-darmonlarni, shu jumladan, BFQlarni olishadi. Shuningdek, u kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini, jumladan, antibiotiklarni dorixonalarda erkin sotishni istisno qilish uchun “qizil retsept”ga o‘tkazishni taklif qildi.
Odamlarni sog’liqqa bo’lgan ehtiyojini daromad manbaiga aylantirib olgan ayrim “vijdonsiz vatandoshlar toifasi”, — dedi deputat.
Qodirov bunday tashabbusga dori-darmonlarning cheklanmagan savdosini saqlab qolishdan manfaatdor bo‘lganlar qarshi chiqishi mumkinligini ta’kidlab, dori-darmonlarni tayinlash to‘g‘risidagi qarorni dorixona emas, balki shifokor qabul qilishi kerakligini ta’kidladi.
Mavzuga doir: “Elektron retsept” tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi — SSV Fuqarolar ularda savollar yuzaga kelgan taqdirda, 1003 qisqa raqami orqali faoliyat yurituvchi 24 soatlik call-markazga murojaat qilishga chaqirildi.




















