Surxondaryo viloyatida Koreyadan jo‘natilgan protein paketida bojxonachilar tomonidan pregabalin moddasi aniqlandi, deb xabar bermoqda Toshkent-AERO bojxona kompleksi matbuot xizmati.
Surxondaryo viloyati Denov shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 30 yoshli fuqaro Koreya Respublikasidan uning nomiga yuborilgan jo‘natmani olayotgan vaqtida ushlangan. Ma’lum bo‘lishicha, hujjatlarda sport ozuqasi deb ko‘rsatilgan jo‘natmada 1200 kapsula kuchli ta’sir qiluvchi pregabalin moddasi bo‘lgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda Qirg‘izistondan giyohvand moddalar kontrabandasiga urinishning oldi olingandi. Fuqarolar moddalarni Andijondan poytaxtga olib kirayotganda qo‘lga olingan.





















