Hodisa

Qamchiq dovonida tormoz ishlamay qolishi oqibatida ikkita yuk mashinasi to‘qnashib ketdi — video

Voqea joyiga FVV xodimlari yetib borgan va haydovchilarga transport vositalaridan tushishga yordam bergan.

30-iyul kuni Qamchiq dovonida tormoz ishlamay qolishi oqibatida ikkita yuk mashinasi — ISUZU va IVECO to‘qnashib ketdi, deya xabar qildi FVV axborot xizmati.

YTH soat 22:15 da A-373 “Toshkent—O‘sh” avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. ISUZU yuk mashinasi tormoz tizimidagi nosozlik tufayli harakatlanayotgan IVECO yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. Mazkur holat yuzasidan “Qamchiq” maxsus qidiruv yong‘in-qutqaruv boshqarmasiga yordam so‘rab murojaat kelib tushgan.

“Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruv otryadi zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, maxsus texnika va vositalar yordamida haydovchilarga amaliy yordam ko‘rsatgan va yuk mashinalarini xavfsiz joyga olib chiqqan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘istonda poyezd yuk mashinasini urib yuborgandi. Yuk mashinasi haydovchisi teplovozning oldidan o‘tib ketmoqchi bo‘lgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная