Hodisa

Samarqandda maktab o‘quvchisi do‘sti bilan Damas haydab, YTHga uchradi — video

Kichik haydovchi mashinada tezlikni oshirgan, yo‘lda bolalarni ko‘rib qolib, qo‘rqqanidan boshqaruvni yo‘qotgan.

Samarqand viloyatida maktab o‘quvchilari Damas ruliga o‘tirib, yo‘l-transport hodisasiga uchradi, deb xabar bermoqda viloyat YHXB matbuot xizmati.

Voqea soat 08:30 larda Urgut tumanida sodir bo‘lgan. Rulda 156-maktab o‘quvchisi bo‘lgan, u ota-onasining ruxsatisiz do‘sti bilan sayr qilishga qaror qilgan. O‘quvchining so‘zlariga ko‘ra, u tezlikni oshirib yuborgan, yo‘lda bolalarni ko‘rib, qo‘rqib ketgan va boshqaruvni yo‘qotgan.

O‘smir va uning ota-onasi ishtirokida maktabda boshqa o‘quvchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Ota-onalarga nisbatan 47-modda bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan, avtomobil egasi 135-modda bo‘yicha jalb qilingan. Avtomobil jarima maydonchasiga jo‘natildi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная