Toshkentda ikki avtomobil peshma-pesh to‘qnashdi — video
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar bor.

2-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda sodir bo‘lgan YTH haqida ma’lumot tarqaldi. Mutasaddi idoralar hozircha hodisa yuzasidan izoh bermadi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 1-noyabr kuni tunda Toshkentning Uchtepa tumanida sodir bo‘lgan. Ikki avtomobil yuzma-yuz to‘qnashdi.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, jabrlanganlar bor. Ammo hozircha mutasaddi idoralardan rasmiy izoh berilgani yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, Samarqand viloyatida avtomobil jarlikdan qulab tushgandi. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida “Nasaf” futbol klubi muxlisi vafot etdi.Shu munosabat bilan O‘FA marhumning oila a’zolari va “Nasaf” futbol klubiga hamdardlik bildirdi. Tartib posbonlari jinoyat ishi qo‘zg‘atishdi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar