Meteonova ma’lumotlariga ko‘ra, 24-may kuni Toshkent kuchli ultrabinafsha nurlanish bilan qoplanadi.
Ultrabinafsha nurlanishning cho‘qqisi soat 12:00 ga to‘g‘ri keladi va soat 14:00 ga yaqin pasayadi. Intensivlik 10 ballni tashkil etadi, bu ultrabinafsha nurlanishning “o‘ta xavfli sinfi” bo‘ladi. Xizmat mutaxassislari aholiga soya qidirishni va bino ichida bo‘lishni tavsiya qildi.

25-may kuni ultrabinafsha nurlanish intensivligi ham 10 ballni tashkil etadi. Cho‘qqi yana 12:00 atrofida bo‘ladi va 14:00 gacha pasayadi. Mutaxassislar quyoshda yurmaslikni, himoya kremidan foydalanishni maslahat berishdi.
Avvalroq Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘zbekistonliklarga jaziramadan qanday omon qolish bo‘yicha maslahatlar bergani haqida xabar berilgandi. Fuqarolarga suvni unutmaslik tavsiya etilgan.




















