Dam olish kunlari O‘zbekistonda quruq va bulutli ob-havo saqlanib turadi
Havo harorati 34 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

24–25-may kunlari O‘zbekistonda quruq va bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet matbuot xizmati.
23-may kuni O‘zbekiston hududiga salqin va nam havo massalari kirib keladi. Respublika bo‘yicha havo bulutli bo‘ladi. Ba’zi joylarda shamol 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda 22 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi, ko‘rinuvchanlik pasayishi mumkin.
Havo harorati 28-31 daraja issiq, janubda 35-38 daraja issiqqacha bo‘ladi. Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘yicha quruq ob-havo saqlanib turadi, harorat biroz ko‘tariladi. Kunduzi 31-34 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda.
Toshkentda juma kuni kunduzi qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 12-17 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 28-30 daraja issiq bo‘ladi. Shanba va yakshanba kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat 31-34 daraja issiq bo‘ladi.
Izohlar