O‘zbekiston

Toshkent ekstremal ultrabinafsha nurlanish bilan qoplanadi

Shahar aholisiga uyda yoki soyada qolish tavsiya qilindi.

Toshkent ekstremal ultrabinafsha nurlanish bilan qoplanadi

Meteonova ma’lumotlariga ko‘ra, 24-may kuni Toshkent kuchli ultrabinafsha nurlanish bilan qoplanadi.

Ultrabinafsha nurlanishning cho‘qqisi soat 12:00 ga to‘g‘ri keladi va soat 14:00 ga yaqin pasayadi. Intensivlik 10 ballni tashkil etadi, bu ultrabinafsha nurlanishning “o‘ta xavfli sinfi” bo‘ladi. Xizmat mutaxassislari aholiga soya qidirishni va bino ichida bo‘lishni tavsiya qildi.

Toshkent ekstremal ultrabinafsha nurlanish bilan qoplanadi

25-may kuni ultrabinafsha nurlanish intensivligi ham 10 ballni tashkil etadi. Cho‘qqi yana 12:00 atrofida bo‘ladi va 14:00 gacha pasayadi. Mutaxassislar quyoshda yurmaslikni, himoya kremidan foydalanishni maslahat berishdi.

Avvalroq Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘zbekistonliklarga jaziramadan qanday omon qolish bo‘yicha maslahatlar bergani haqida xabar berilgandi. Fuqarolarga suvni unutmaslik tavsiya etilgan.

Izohlar

Mavzuga oid