O‘zbekiston

Yog‘ingarchilik va shamol: 10-iyun uchun ob-havo

Ayrim hududlarda momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

10-iyun kuni O‘zbekistonda issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi, ayrim hududlarda kuchli shamol esishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 21-23°, kunduzi 33-35° bo‘ladi.

Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:

  • Qoraqalpog‘istonda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Tunda harorat 15-20°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
  • Xorazmda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba’zi hududlarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Tundagi harorat 15-20°, kunduzi esa 25-30° bo‘ladi.
  • Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Tunda harorat 18-23°, kunduzi 30-35° bo‘lishi kutilmoqda.
  • Toshkent viloyati va Sirdaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
  • Samarqand va Jizzax viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
  • Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 32-37°;
  • Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
  • tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Momaqaldiroq paytida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 18-23° bo‘ladi.

Avvalroq o‘zbekistonliklar o‘ta issiq va quruq may oyini boshdan kechirgani xabar qilingandi. Ayrim hududlarda harorat rekordlari yangilandi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная