“KazTransOil” Qirg‘izistonga neft tashish hajmi oshgani, shuningdek, 2025-yil dekabr oyida O‘zbekistonga tranzit qayta tiklanishini ma’lum qildi.

Qirg‘izistonga neft yetkazib berish 2025-yil noyabr oyida qayta tiklandi. Ilgari tashish 2017-yilda amalga oshirilgan. 2025-yil oxirigacha “KazTransOil” Qirg‘izistonga 30 ming tonnagacha neft jo‘natadi. Joriy yilning dekabr oyida O‘zbekistonga 35 ming tonnagacha neft tranziti rejalashtirilgan.

Ikkala yo‘nalishga neft yetkazib berishning umumiy hajmi 65 ming tonnagacha, shundan dekabr oyida 55 ming tonnagacha bo‘ladi. Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha neftni tashish magistral neft quvurlari tizimi orqali “KazTransOil”ning “Shag‘ir” neft quyish punktigacha amalga oshiriladi, u yerda neft temir yo‘l sisternalariga quyiladi.

Xalqaro hamkorlar bilan samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlik tufayli neft tashishning ijobiy dinamikasiga erishildi, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Qozog‘istondan Rossiya neftini ko‘proq ola boshladi. Avvalroq Putin mamlakat uchun ko‘proq gaz haydashga va’da bergandi.