Qozog‘iston uchinchi davlatlardan, shuningdek, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlaridan mamlakat hududiga yangi tovuq tuxumlarini olib kirishni vaqtincha taqiqladi, deyiladi respublika qishloq xo‘jaligi vazirining buyrug‘ida.

Rasmiylar yangi tovuq tuxumlarini barcha turdagi transport vositalarida olib kirishni bir oyga taqiqladi. Rasmiylar uchinchi davlatlardan ham, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlaridan ham tuxum importini taqiqladi.

Qayd etilishicha, taqiq tuxumlarni Qozog‘iston orqali tranzit qilish, shuningdek, ularni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bir davlat hududidan mamlakat orqali Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo boshqa davlat hududiga olib o‘tishga ham tegishli. Mamlakat Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbarining buyrug‘iga ko‘ra, bunday chora-tadbirlar mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Mavzuga doir: Qaysi davlat o‘zbek pomidorining asosiy importchisiga aylangani ma’lum bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinda yirik farq bilan Qozog‘iston bormoqda.