Oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilish yakunlanishiga bir hafta qoldi, hozircha 255 mingdan ortiq kishi ro‘yxatdan o‘tgan, deb xabar beradi Bilimni baholash agentligi matbuot xizmati.
18-iyun soat 10:00 holatiga OTMga kirish uchun 255 409 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan. Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:
- o‘zbek tili – 224 513 nafar;
- rus tili – 25 841 nafar;
- qoraqalpoq tili – 4 283 nafar;
- boshqa tillarda – 772 nafar.
Ariza beruvchilarning jinsi bo‘yicha taqsimlanishi:
- o‘g‘il bolalar – 117 940 nafar;
- qiz bolalar – 137 469.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda oliy o‘quv yurtlari va texnikumlarga hujjat qabul qilish boshlangan. Bakalavriatga abituriyentlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida ikki bosqichda qabul qilinadi.





















