Oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlar qabuli tugashiga bir hafta qoldi
Bu yil o‘qishga eng ko‘p qizlar ariza topshirgan.

Oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilish yakunlanishiga bir hafta qoldi, hozircha 255 mingdan ortiq kishi ro‘yxatdan o‘tgan, deb xabar beradi Bilimni baholash agentligi matbuot xizmati.
18-iyun soat 10:00 holatiga OTMga kirish uchun 255 409 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan. Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:
- o‘zbek tili – 224 513 nafar;
- rus tili – 25 841 nafar;
- qoraqalpoq tili – 4 283 nafar;
- boshqa tillarda – 772 nafar.
Ariza beruvchilarning jinsi bo‘yicha taqsimlanishi:
- o‘g‘il bolalar – 117 940 nafar;
- qiz bolalar – 137 469.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda oliy o‘quv yurtlari va texnikumlarga hujjat qabul qilish boshlangan. Bakalavriatga abituriyentlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida ikki bosqichda qabul qilinadi.
Izohlar