Hodisa

Samarqand viloyatida qiz maktab o‘quvchilariga musht tushirdi

Bezorilik uchun qizga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Samarqand viloyatida 18 yoshli qiz 11-sinf o‘quvchilariga hujum qilib, mushtlashgan. Holat yuzasidan IIB izoh berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 2025-yil 29-aprel kuni Pastdarg‘om tumani Qo‘shquduq mahallasi 83-umumiy o‘rta ta’lim maktabi hududida sodir bo‘lgan.

18 yoshli qiz jamiyatda o‘zini tutish qoidalariga rioya qilmasdan, ushbu maktabning 11-sinf o‘quvchilariga tan jarohati yetkazgan. Holat yuzasidan huquq-tartibot idoralari tomonidan qizga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Samarqandda maktab o‘quvchilari ommaviy mushtlashuv uyushtirgani haqida xabar berilgandi. Qizlar mojaroni boshqacha hal qila olmagan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная