Hodisa

Samarqandda retsidivist giyohvand moddalar savdogari qo‘lga olindi

Gumonlanuvchi qariyb bir kilogramm opiyni 15 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan.

Plastic packet with cocaine powder or another drugs in mans hand. Close-up macro photo.

Samarqand viloyatida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi va maxsus tadbir davomida giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangan retsidivist qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda DXX matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Urgut tumanida sodir bo‘lgan. Tartib posbonlari tezkor tadbir o‘tkazib, “shartli xaridor”ga 993 gramm afyunni 15 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan 59 yoshli mahalliy fuqaroni qo‘lga oldi. Erkak avval ham huquq-tartibot idoralari nazoratida bo‘lgan va shunga o‘xshash moddalar bo‘yicha sudlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur giyohvandlik vositasi mamlakat hududiga Tojikistondan olib kirilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 28-moddasi 2-qismi (Kontrabanda) va 273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, xuddi shuningdek ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs qamoqqa olingan.

Avvalroq O‘zbekistonning ikki viloyatida giyohvand moddalarni noqonuniy aylantirishga urinishlar to‘xtatilgani haqida xabar berilgandi. Maxsus operatsiyalar natijasida tartib posbonlari 30 kilogrammga yaqin giyohvand moddalarni musodara qilishga muvaffaq bo‘lishdi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная