O‘zbekistonda chang bo‘ronlari ko‘payishi mumkin
Fuqarolar ob-havo bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni ertaroq ogohlantirish zarurligini his qilmoqda.

O‘zbekistonda chang bo‘ronlari tez-tez uchramoqda — mas’ul idoralarga javob choralarini kuchaytirish taklif qilinmoqda.
UzbMeteo ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi navbatda, xavfli ob-havo hodisalari haqida erta ogohlantirish tizimini, ya’ni xavfli ob-havo hodisalari sodir bo‘lishidan ikki soat oldin aniq joylashuvni taqdim etish va prognoz qilish amaliyotini joriy etish kerak. Mutaxassislar daraxtlarning qurigan shoxlarini tekshirish va ularni olib tashlash tizimini ishlab chiqishlari kerak.
O‘zgidrometdan erta ogohlantirish xabarlari olingandan so‘ng mas’ul tuzilmalar tahdid yuzaga kelishidan oldin o‘z tarmoqlari uchun tahdidning salbiy oqibatlarini kamaytirish choralarini (ogohlantirishlar, tavsiyalar, tahdidni kamaytirish bo‘yicha real choralar) darhol ko‘rishlari kerak.
Avvalroq FVV fuqarolarga kuchli shamol paytida o‘zini qanday tutish kerakligi haqida ma’lumot bergan edi. Idora ma’lumotlariga ko‘ra, kuchli shamoldan keyin elektr va gaz qurilmalarini ishlatishdan oldin tekshirish kerak. Shuningdek, fuqarolarga avtomobillarni daraxtlar yoki yengil konstruksiyalar ostida qoldirmaslik tavsiya etiladi.
Eslatib o‘tamiz, 23-may kuni Toshkentda shamol kuchayib, shaharda yana chang ko‘tarilgani, aholiga ehtiyot bo‘lish tavsiya qilingandi. Sinoptiklar ma’lumotlariga ko‘ra, kechga yaqin qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, ayrim joylarda momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamolning tezligi ba’zi joylarda sekundiga 15-17 metrdan oshadi.
Izohlar