O‘zbekiston

Yog‘ingarchilik va chang: 28-may uchun ob-havo

Tog‘li hududlarda sel kelishi mumkin.

Yog‘ingarchilik va chang: 28-may uchun ob-havo

28-may kuni O‘zbekistonda havo sovib, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘lishi, ayrim hududlarda chang-to‘zon bilan kuchli shamol esishi kutilmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Toshkentda ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 12-14 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 16-18°, kunduzi 26-28° bo‘ladi.

Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:

  • Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Baʼzi joylarda shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, baʼzi joylarda chang-toʻzonli qor yogʻishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.
  • Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Baʼzi joylarda shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, baʼzi joylarda chang-toʻzonli qor yogʻishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.
  • Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, baʼzi joylarda chang-toʻzonli qor yogʻishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.
  • Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat ertalab Toshkent viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Baʼzi joylarda shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, baʼzi joylarda chang-toʻzonli qor yogʻishi mumkin. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
  • Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, baʼzi joylarda chang-toʻzonli qor yogʻishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 30-35° iliq;
  • Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
  • tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 18-23° bo‘ladi.

Avvalroq o‘zbekistonliklar sel kelishi mumkinligi haqida ogohlantirilgani xabar qilingandi. Yomg‘irlar ba’zi hududlarni suv ostida qoldirishi mumkin.

Izohlar

Mavzuga oid