O‘zbekiston

Toshkent metropolitenining “Quruvchilar” va “Yangiobod” bekatlari uch oyga yopiladi

Yo‘lovchilar uchun bepul avtobus qatnovi tashkil etilmoqda.

Toshkentda 28-iyundan boshlab “Quruvchilar” va “Yangiobod” bekatlari o‘rtasida poyezdlar harakati to‘xtatiladi, deb xabar bermoqda metropoliten axborot xizmati.

Idora ma’lumotlariga ko‘ra, poyezdlar va yo‘lovchilar harakati xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash uchun yangi metro uchastkalarida ma’lum muddat ishlagandan so‘ng profilaktika ishlari olib borilishi kerak. Shu munosabat bilan “Texnopark—Qipchoq” bekatlari oralig‘idagi yer usti halqa yo‘li uchastkasida 3 oyga mo‘ljallangan ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.

Rejali profilaktika ishlarining navbatdagi bosqichini o‘tkazish uchun 28-iyundan boshlab “Quruvchilar” (12-bekat) — “Yangiobod” (6-bekat) bekatlari oralig‘ida poyezdlar harakati to‘xtatiladi. “Qipchoq—Yangiobod—Qipchoq” yo‘nalishida katta sig‘imli bepul avtobus (metrobus) qatnovi tashkil etiladi. Avtobuslar har kuni soat 05:00 dan 23:00 gacha harakatlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent metropolitenining yana bir yangi yo‘nalishi taqdim etilgandi. Bu orqali 21 kilometrlik masofani 24 daqiqada bosib o‘tish mumkin bo‘ladi.

Асия Мамадиярова
Редактор «NOVA24»

Izohlar

Mavzuga oid

Главная