O‘zbekistonda 100 yosh va undan yuqori yoshdagi pensiya oluvchi keksalarning soni 461 nafarga yetgani Pensiya jamg‘armasi ma’lumotlaridan ma’lum bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jami pensionerlarning 131 nafari (28,5%) erkaklar va 330 nafari (71,5%) ayollardir.

100 va undan yuqori yoshdagi pensionerlarning aksariyati Qashqadaryo (73), Surxondaryo (69) va Toshkent viloyatlarida (41 kishi) istiqomat qiladi.

Uzoq umr ko‘ruvchilar Navoiy viloyatida kamroq — u yerda 100 yoshdan oshgan atigi 11 nafar pensioner istiqomat qiladi.

Avvalroq O‘zbekistonda turizm sohasida pensionerlar uchun chegirmalar joriy etilishi haqida xabar berilgandi. Taklif 60 yoshdan oshgan erkaklar va 55 yoshdan oshgan ayollar uchun bir oy davomida amal qiladi.